Dengiz va atmosfera instituti biologlari Algarvi sohillarida olib borilayotgan ishlar chog‘ida qadimgi tarixiy turga mansub akulani tutdi. Bu haqda “Nauka.TV” xabar bermoqda.
Ushbu noyob akula turi — Chlamydoselachus Anguineus 80 million yil muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lib, dinozavrlar zamondoshi hamda tirik organizmlar ichida eng qadimiysi hisoblanadi. U yaxshi o‘rganilmagan, lekin 300 ta tishi borligi bilan qo‘rqinchli ko‘rinadi va aynan shu jihati bilan mashhur.
Akulaning bu turi odamlar uchun xavfli emas. Lekin yaponiyalik dengizchilar ularning to‘rlarini uzadigan ushbu jonivorni xushlamaydi. Yirtqich kalmarlar va maydo baliqlar bilan oziqlanadi, lekin ba’zan boshqa akulani ham yeyishi mumkin.
O‘tgan yili rossiyalik dengizchi Roman Fyodorsov Murmansk yaqinida shunaqa akulani tutib olgan edi.
Izoh (0)