Xitoyning aerodinamik quvurga joylashtirilgan gipertovushli DF-ZF uchuvchisiz harbiy samolyoti CCTV telekanalining reportajida namoyish etildi, deb xabar bermoqda Daily Mail.
Xabarga ko‘ra, samolyot soatiga 12 ming kilometrgacha tezlikka erisha oladi va yadro kallakli raketalar bilan jihozlanadi.
Gipertovushli qurol ustida Rossiya va AQSh ham ishlamoqda. Bunday vositalarni havo hujumiga qarshi mudofaa va raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimlari yordamida bartaraf etish qiyin hisoblanadi.