“Rossiya temir yo‘llari” kompaniyasi 2019-yildan O‘zbekiston va Tojikistondan ushbu mamlakatlar temir yo‘llari refrijeratorli sostavidagi import qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari tarifiga 50 foizlik chegirma joriy etadi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Ushbu choralar kompaniya boshqaruvining tegishli qarori asosida ko‘rilmoqda.
Boshqaruv qarorida aytilishicha, amaldagi import yetkazmalari tarifiga 0,5 tushiruvchi koeffitsiyenti joriy etiladi. Ushbu koeffitsiyent amal qilishi sharti sifatida “Rossiya temir yo‘llari” O‘zbekiston va Tojikistonga tegishli, yetkazma chog‘ida foydalanilgan refrijeratorli sostavdan foydalanish to‘lovidan ozod etilishi ko‘rsatilgan.
“Koeffitsiyent belgilangan tartibda 2018-yil 31-dekabridan kuchga kiradi”, — deyiladi hujjatda.
Izoh (0)