To‘liq uzatmali Mercedes-AMG E63 S avtomobili Germaniyadagi Nyurburgring poyga trassasi “Shimoliy halqa”sida eng tezkor universalga aylandi, deb yozmoqda “Motor”.

Foto: “Motor”

Mashina belgilangan masofani 7 daqiqa 45,19 soniya ichida bosib o‘tdi. Xabar berishlaricha, Mercedes'ning sinovi Germaniyaning Sport Auto nashri tomonidan tashkillashtirilgan.

“Kuchaytirilgan” bu universal hajmi to‘rt litr, quvvati 612 ot kuchiga teng turbomotor va to‘qqiz bosqichli AMG Sportshift MCT avtomatik uzatmalar qutisi bilan ta’minlangan.

Mashina 3,5 soniya ichida soatiga 100 kilometrlik tezlikka erishadi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 250 kilometr bilan cheklab qo‘yilgan.