AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya parlamentidagi chiqishi chog‘ida Rossiya va Xitoyni KXDR bilan diplomatik va iqtisodiy aloqalarni qisqartirishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Biz har bir mamlakat, jumladan, Rossiya va Xitoyni BMT rezolyutsiyasiga to‘liq amal qilishga chaqiramiz. Mazkur tuzum bilan diplomatik aloqalar darajasini pasaytirishga da’vat etamiz. Shuningdek, savdo va texnologiyalar almashinuvi borasidagi munosabatlarni ham”, — dedi Tramp.
AQSh prezidentining Janubiy Koreya parlamentidagi chiqishidan avval zaldan qo‘lida plakat ko‘tarib olgan erkak olib chiqilgani ma’lum qilindi.
Izoh (0)