AQShning Osiyodagi Iroq, Pokiston, Suriya singari mamlakatlaridagi mudofaa xarajatlari 2001-yil 11-sentabrdagi teraktdan keyin 5,6 trillion dollardan ortib ketdi. Bu ma’lumotni Braun universiteti Uotson nomidagi xalqaro tadqiqotlar instituti ekspertlari keltirdi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Ular bu summa ichiga 2018-yil oxiriga qadar davlat budjetiga kiritilgan xarajatlarni ham qo‘shdi.
Ushbu summa Pentagonning o‘z hisob-kitoblaridan qariyb to‘rt barobarga ko‘p. Ilgariroq AQSh mudofaa vazirligi 2001–2018-yillarda Osiyo va Yaqin Sharqdagi urush va operatsiyalarga sarflangan xarajatlarni 1,5 trillion dollarga baholagan edi.
Izoh (0)