Apple kompaniyasi xabarlar almashish uchun mo‘ljallangan iMessage dasturi orqali pul ko‘chirib o‘tkazish servisini beta-rejimda ishga tushirdi. Bu haqda TechCrunch nashri xabar berdi.
Servis Apple Pay Cash deb ataladi, u iOS 11.2 beta 2 foydalanuvchilari o‘rtasida mablag‘larni bevosita ko‘chirib o‘tkazish imkonini beradi.
Xabar qilinishicha, foydalanuvchilar, shuningdek, xabarlar yordamida pul mablag‘i olish uchun so‘rov ham yuborishi mumkin. Mablag‘ foydalanuvchining Apple Pay’ga qo‘shilgan kartasidan tushadi.