Neapolning “Napoli” klubi rahbariyati chiptalar savdosi ishidagi firibgarlikda ayblanmoqda. Avvalroq xuddi shunday ayblov bilan “Yuventus” prezidenti Andrea Anyelli 1 yilga diskvalifikatsiya qilingandi.
Italiya futbol federatsiyasi “Yuventus” prezidentini 1 yilga millionlar o‘yinidan chetlatdi
Italiya nashrlarining ma’lumot berishicha, “Yuventus”ning chiptalar bog‘liq ishida Ndrageta mafiyasining qo‘li bor. Neapolliklar esa bunda Komorra mafiyasi bilan til biriktirgani katta ehtimol.“Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis, shuningdek, marketing ishlari bo‘yicha direktor Alessandro Formizano politsiya gumonini keskin rad etmoqda. Gazzetta dello Sport tahminicha, voqealar rivoji shu taqlid davom etsa, “Napoli” prezidenti ham “Yuventus”dagi hamkasbi kabi diskvalifikatsiya qilinadi. Qiziq tomoni, aynan shu ikki klub A seriya chempionligi uchun kurash olib bormoqda.
Izoh (0)