Saudiya Arabistoni Yamandagi isyonchi xusiylarning yetakchilari haqidagi ma’lumot uchun 400 million dollar mukofot e’lon qildi. Bu haqda, Saudi Press Agency agentligiga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Mukofotni qirollik ichki ishlar vazirligi e’lon qildi. Pul mukofoti xusiylar yetakchilarining hibsga olinishiga sabab bo‘ladigan yangilikni aytgan yoki ularning aniq joylashuvini ma’lum qilgan kishiga beriladi.
Xusiylar oxirgi paytlarda Saudiyaga tez-tez hujumlar uyushtirib turibdi. Jumladan, Yamandan bir necha kun oldin Yamandan uchirilgan raketa qirollik raketa hujumiga qarshi mudofaa vositalari tomonidan urib tushirildi, ammo ar-Riyod aeroporti yaqinida portladi. Bu harakatlarga javoban Saudiya Arabistoni dadil qadamlar tashlab, xusiylar yetakchilarini qidirishga kirishdi.
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi Fors ko‘rfazi arab davlatlari harbiy koalitsiyasi Yamanda isyonchi xusiylarga qarshi kurashmoqda. Ular rasmiy prezident Abd Rabbu Mansur Xodiy rejimini himoya qilmoqda.
Izoh (0)