Google Play’da Update WhatsApp nomi ostida zararli dastur paydo bo‘ldi va dunyodagi eng ommaviy messenjerlardan birining rasmiy yangilanuvi sifatida o‘zini taqdim etishga urindi. Bu haqda “Hi-tech.mail.ru” xabar bermoqda.
Soxta WhatsApp mualliflari nomlanishdagi bo‘shliqdan foydalanib, messenjer ishlab chiqaruvchi kompaniyasi rasmiy nomidan foydalanish va shu tariqa Google nazorat xizmatini aldashga muvaffaq bo‘ldi.
Dastur foydalanuvchilarga bevosita zarar yetkazmadi, balki boshqa dasturlar reklamasi bilan shug‘ullandi. Biroq undan dasturni ko‘chirib olgan milliondan olgan kishining shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlashda foydalanish mumkin edi.
Google dasturni o‘chirib tashladi, ammo uning yana paydo bo‘lishiga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi, chunki hozircha bunday aldovdan himoya o‘ylab topilmagan.
Izoh (0)