5-noyabr kechki soatlarda Moskvadagi Katta teatrdan anonim qo‘ng‘iroq tufayli 700 kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, qo‘ng‘iroq qilgan noma’lum shaxs binoda portlash bo‘lishini aytib tahdid qilgan.
Voqea tufayli Betxoven zalida kechki konsert bekor qilindi. Qolgan tomoshalar qo‘ng‘iroqqacha tugagan edi.
Bundan tashqari, 1800 kishi GUM savdo uyidan, 2 mingdan ortiq odam “Metropol” mehmonxonasidan evakuatsiya qilindi.
Izoh (0)