Janubiy Koreyada odamlar AQShning KXDR muammosini harbiy yo‘l bilan hal qilish rejalariga qarshi namoyish uyushtirdi. Minglab odamlar mamlakatning bir qancha shaharlarida ko‘chaga chiqdi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Osiyo turnesi doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreyaga kelishi kutilmoqda. Namoyishlar uning kelishi arafasida o‘tkazilmoqda.
Trampning Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Vyetnam va Filippinga tashriflardan iborat turnesi davomida muhokama etiladigan asosiy masala Shimoliy Koreya muammosini hal qilish yo‘llarini qidirish bo‘ladi.
Izoh (0)