Kanadaning Paylot Byutt shahrida yashovchi Patrik Meyz ertalab ishga ketayotgan vaqtda o‘z dalasida kimningdir uyi turganini payqab qolgan. Ertasi kuni ertalab u uyning hali ham turganini ko‘rgan. Uyning ichida hech kim bo‘lmagan, binoning qayerdan kelib qolgani tushunarsiz edi, deb yozmoqda Meduza.
Shundan so‘ng Meyz o‘zini tutib tura olmagan va Facebook’da post yozgan. “Hech qachon bunday vaziyatga duch kelmaganman, biroq bu kabi vaziyatga mening do‘stlarim duch kelgan bo‘lishi va menga maslahat berishi mumkin. Kimdir qachondir uy topib olganmi?”, — deya yozilgan Meyzning postida.
U tashlab yuborilgan uyni asosga qo‘yish orqali uni o‘zlashtirib olish haqida o‘ylab qolgan. Shu bilan birga, u binoni yo‘qotib qo‘ygan odamni aloqaga chiqishga chaqirgan.
Uyning egasi qo‘shni shaharda yashovchi ayol Chaplin Brenda Robertson bo‘lib chiqdi. Uning aytishicha, tayyor uyni Vinnipegdan buyurtma qilgan, biroq uy yetkazib berilganidan so‘ng binoda SaskPower energetika kompaniyasining ruxsati yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. Uyni yetkazib bergan kompaniya uni Vinnipegga qaytarib olib ketishga va’da berdi, biroq nima uchundir uni yarim yo‘lda — Patrik Meyzning dalasida qoldirib ketgan.
Robertson yetkazib berish xizmati bilan bog‘lanib, uyni Meyzning dalasidan olib ketishni buyurishga va’da qilgan.
Izoh (0)