Turkiya armiyasi Kurdiston ishchi partiyasi tashkiloti vakillari bilan bo‘lib o‘tgan otishmada uning 22 nafar jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda, mamlakat IIVga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, ikki nafar turk harbiysi halok bo‘lgani ma’lum.
Voqea Xakkari viloyatining Shemdinli tumanida, Iroq chegarasi yaqinida ro‘y berdi. Mintaqada KIPga qarshi operatsiya olib borilayotgan edi. Ular Xakkari hududiga Iroqdan kirgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)