Yaman shimolida amalga oshirilgan aviazarba oqibatida 26 nafar tinch fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, hujum oqibatida Sa’da viloyatidagi mehmonxona binosi zarar ko‘rgan.
Halok bo‘lganlar soni oshishi mumkin.
Zarbani Saudiya Arabistoni boshchiligidagi harbiy koalitsiya amalga oshirdi.
Izoh (0)