Rossiya poytaxti Moskva ma’muriyati bulutlarni tarqatib yuborish bo‘yicha meteohimoya ishlarini amalga oshirishga bayram tantanalari o‘tadigan 4–7-noyabr kunlari 196 million rubl sarflaydi. Mablag‘ shahar budjetidan ajratiladi, deb xabar beradi “TASS”.
Tegishli davlat buyurtmasini “Eskpertavtodor” davlat korxonasi amalga oshirdi.
“Meteohimoyada o‘ntagacha An-12, An-26, YAK-42 maxsus samolyotlar ishlatilishi rejalashtirilgan. Granulali kislota, suyuq azot, kukunli reagent qo‘llanadi”, — deyiladi shartnoma hujjatida.
Izoh (0)