Hindistonning Jaypur shahri yaqinida, Xatloy qishlog‘ida transformator portlashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hindiston axborot va teleradiouzatish vaziri Rajyavardxan Ratxorning so‘zlariga qaraganda, voqea nikoh saroyida ro‘y bergan. Yetti kishi transformator portlashi natijasida uning ichidan otilib chiqqan yonib turgan yog‘ tufayli og‘ir kuyish jarohatlarini olgan.
Jabrlanganlarning barchasi shifoxonaga yetkazildi. Ular orasida homilador ayol bor edi, uning farzandini saqlab qolish imkoniyati bo‘lmadi.
Halok bo‘lganlarning oilalariga yordam puli to‘lanishi va’da qilindi.
Mahalliy aholi vakillari portlashga transformatorga sifatsiz xizmat ko‘rsatilgani sabab bo‘lganini aytmoqda.
Izoh (0)