Yadro quroli modernizatsiyasi va butligini saqlash hamda amal qilish ishonchliligi keyingi 30 yil ichida AQShga 1,2 trillion dollarga tushadi. Bu haqda 31-oktabr, seshanba kuni Kongress Budjet boshqarmasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Tarqatilgan hisobotda qayd etilishicha, 772 milliard dollar yadro qurolini yetkazish vositalari — og‘ir bombardimonchi samolyotlar, qit’alararo ballistik raketalar, suv osti kemalari va jangovar kallaklardan foydalanish, xizmat ko‘rsatish va modernizatsiyasiga, 25 milliard dollar taktik yadro qurollari va ularni yetkazish vositalari, 445 milliard dollar yadro quroli bilan bog‘liq faoliyatni ta’minlovchi laboratoriyalar majmuasi va ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, qo‘mondonlik punktlari, aloqa tizimlari va raketa hujumlari haqida erta ogohlantirish tizimini saqlash uchun sarflanadi.
Pentagon yaqin 30 yil ichida barcha suv osti kemalarini Trident II ballistik raketalari bilan jizohlangan Ohio suv osti kemalari bilan almashtirishni mo‘ljallamoqda.
Boshqarma tahlilchilari yangi suv osti kemalariga 313 milliard dollar, yangi qit’alararo raketalarga 149 milliard dollar, bombardimonchi samolyotlarga 266 milliard kerak bo‘lishini taxmin qilmoqda. Boshqa qurollanish tizimlarini ishlab chiqish yana 44 milliard dollarga tushadi.
Izoh (0)