Kataloniyaning mansabidan chetlashtirilgan prezidenti Karles Puchdemon belgiyalik advokat Pol Bekarni o‘z himoyasi uchun yolladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Bu advokat muqaddam basklarning ETA ayirmachi tashkiloti a’zolarini himoya qilgani bilan mashhur. Advokatning o‘zi Puchdemon bilan hamkorlikni boshlaganini aytdi.
U Puchdemon Belgiyaga yetib kelganini va bu yerdan siyosiy boshpana so‘rashi mumkinligini tasdiqladi.
Shuningdek, El Pais nashri bilan suhbatda Bekar 31-oktabr kuni Puchdemonning Belgiyada bo‘lib turishi munosabati bilan bayonot berishi mumkinligini aytdi.
Izoh (0)