Rossiya hukumati Suriyadagi harbiy kontingentini qisqartirish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Kommersant” nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ikki harbiy-diplomatik manbaning ma’lum qilishicha, reja Xmeymim bazasidagi aralash aviaguruh tarkibidagi texnikani qisman qisqartirish va harbiy kontingentning bir qismini respublikadan doimiy xizmat joyiga jo‘natishni ko‘zda tutadi.
Suriyadagi Rossiya harbiy kuchlari guruhlarining qisqartirilishiga Suriya hukumat kuchlarining IShID va “Jabhat an-Nusra”ga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatlari sabab bo‘lishi mumkin.
Biroq Mudofaa vazirligi nashrga Suriyada harbiy kontigentni qisqartirish bo‘yicha hech qanday reja yo‘qligini ma’lum qilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)