Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shakarjon Xo‘janiyozova vafot etdi. Bu haqda 28-oktabr kuni “Kun.uz” xabar berdi.

Foto: “Kun.uz”

Foto: “Kun.uz”

1955-yilda Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida tug‘ilgan Shakarjon Xo‘janiyozova 2017-yil 25-yanvaridan boshlab viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bungacha u Xorazm viloyati hokimining tashkiliy, iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, shuningdek, Bog‘ot tuman hokimi lavozimida mehnat qilgan.

Xo‘janiyozova xonim ish faoliyatini 1977-yil Bog‘ot tuman jamoa xo‘jaligi hisobchiligidan boshlagan bo‘lib, keyinchalik tumandagi 6-sonli o‘rta hunar-texnika bilim yurti direktori o‘rinbosari, so‘ngra direktori bo‘lib ishlagan.

U 1998-yili “Mehnat shuhrati” ordeni, 2004-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Muhandislar xatoligi” — bolalar ustiga qulagan basseyn tomi, Moskvada uchuvchilar aybi bilan halokatga uchragan samolyot, sovet—fin urushining yakunlanishi. Kun x...
Mahalliy
Qo‘qonda voyaga yetmagan qiz xonadondan 1,5 mln so‘mlik tilla uzuk o‘g‘irladi
Sport
Lionel Messi mundialdagi gollar bo‘yicha Maradonaga yetib oldi. Argentinaliklardan faqat bir futbolchi undan oldinda