O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda qurilishi boshlangan shahar atrofi yer usti halqa metro liniyasi qurilishi tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.O‘zAning qayd etishicha, ushbu qurilish ishlari “aholining talab va ehtiyojlari, poytaxtimizning kelgusi rivojlanishi inobatga olinib” boshlangan.
Ayni paytda estakadalar uchun monolit usulda beton ustunlar quyish ishlari boshlandi. Qurilish “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasiga qarashli “Ko‘prik qurilish tresti” tomonidan amalga oshirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
O‘zAning yozishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi transport liniyasini 2020-yilgacha to‘liq foydalanishga topshirish bo‘yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar bergan.
Izoh (0)