Ijtimoiy tarmoqlarda Liverpul shahrida o‘z farzandini tasmaga bog‘lab olib kuchukcha misoli tortib yurgan ayolning xatti-harakatlari muhokama qilinmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Rolik Twitter’dagi Joe Cain sahifasida chop etildi.
Videoda ayol autizm kasaliga yo‘liqqan farzandini kuchuk misoli tasmaga bog‘lab olib, aylantirib yurgani aks etgan.
Voqea Liverpulning yirik savdo markazlaridan birida videoga olingan.
Liverpool Echo nashri ayol bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘ldi. Ayol farzandi ruhiy xasta ekanligini, boshqa yo‘l bilan uni joyidan qimirlatib bo‘lmasligini tushuntirdi. Shuningdek, ayol atrofdagi odamlar uni tushunmasliklariga ko‘p guvoh bo‘lganini aytdi.
Izoh (0)