Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Janubiy Osetiya tashqi ishlar vaziri Dmitriy Medoyev uning mamlakati Kataloniyaning mustaqilligini tan olish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Men o‘zim hozirgina Barselonadan qaytdim, u yerda o‘z vakolatxonamiz ofisini ochdik. Janubiy Osetiya rahbariyati, agar Kataloniyadan tegishli murojaat kelib tushsa, Kataloniyaning mustaqilligini tan olish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor”, — dedi Medoyev.

Avvalroq Abxaziya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kan Taniya uning mamlakati ham Kataloniyadan tushajak taklifni ko‘rib chiqishga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Abxaziya va Janubiy Osetiyaning o‘zi ham qisman tan olingan davlatlar hisoblanadi. Janubiy Osetiyaning mustaqilligini BMTga a’zo to‘rt mamlakat, Abxaziyaning mustaqilligini esa BMTga a’zo besh mamlakat tan olgan, xolos. Gruziya ushbu respublikalarning har ikkisini Rossiya tomonidan noqonuniy ravishda bosib olingan o‘z hududlari deb hisoblaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston va Farg‘ona vodiysida suv ta’minotini yaxshilashga oid taqdimot bilan tanishdi (foto)
Madaniyat
Tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan eng go‘zal turk aktrisalari (foto)
Mahalliy
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi