Rio—2016 Olimpiadasini bronza medali bilan yakunlagan o‘zbekistonlik Rustam To‘laganov professional boksdagi debyut jangida zafar quchdi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.
To‘laganov AQShning Chikago shahrida ringga ko‘tarildi. Bungacha u 26 kilogramm vazn tashlashga majbur etildi hamda 79,9 kilogramm bilan prof ringga chiqdi.
Debyutantlar uchun jang 4 raundlik qilib belgilab qo‘yilgandi. To‘laganov ularning barchasini o‘tkazdi va raqibini ochkolar farqiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdi. Uning keyingi janglarida raundlar soni ko‘payib boradi.
Birinchi g‘alaba yoqimli bo‘ladi. Ammo bugungi raqibim “toza jang” qilolmas ekan. U klinch holatidan turib, boshi bilan zarba berishga bir necha marta urinib ko‘rdi va buning uddasidan ham chiqdi.To‘laganov jangga meksikalik murabbiylar qo‘l ostida tayyorgarlik ko‘rgandi. Bunda unga Top Rank promouterlik kompaniyasi homiylik qildi. Jang kimga qarshi bo‘lib o‘tgani borasida ma’lumotlar yo‘q.Rustam To‘laganov, bokschi
Izoh (0)