Harakatlar strategiyasi realizatsiyasi bo‘yicha davlat dasturiga muvofiq ishga joylashishning yangi shakllarini qonunchilikka joriy etish borasida ishlar olib borilmoqda, deb xabar beradi Norma.
Jumladan, O‘zbekistonda turib chet el ish beruvchilari bilan shartnoma asosida ishlaydigan (masofaviy ishga joylashish) fuqarolarning huquq va majburiyatlarini belgilash rejalashtirilmoqda.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ishning bunday tartibi O‘zbekistonda borgan sari kengroq tarqalayotganini ta’kidlamoqda. Shu bois kun tartibiga bu fuqarolarni ijtimoiy sug‘urtalash, mehnat stajini berish va soliq to‘lashni tartibga solish kun tartibiga chiqmoqda.
Ekspertlar kelajakda (masalan, davlat pensiyasi belgilanishida) muammolar chiqmasligi uchun ishchilarning bunday kategoriyasini soliq to‘lash va sotsial to‘lovlarga rag‘batlantirish lozim deb hisoblamoqda.
Vazirlik tomonidan Mehnat kodeksiga kiritilishi ko‘zlangan o‘zgartishlar ishlab chiqildi. Ular masofaviy ishning o‘ziga xosliklarini — ishga qabul qilinish va mehnat faoliyati sharoitlari, mehnat stajini hisoblash mexanizmlari va elektron mehnat kitobchasini yuritish kabilarni inobatga oladi.
Qonun loyihasi ishlab chiqilgach, u muhokama uchun huquqiy axborot portaliga joylashtiriladi.
Izoh (0)