Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 26-turida Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan Toshkentning ikki grand klubi o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: O‘FF

Oliy Liga. “Lokomotiv” qo‘qonlik futbolchilarga imkoniyat qoldirmadi. Ertaga Toshkent derbisi

“Bunyodkor” va “Paxtakor” klublarining 1-davra o‘yinida 1:1 hisobi qayd etilgandi. “Paxtakor” mezbonligida o‘tgan takroriy o‘yinda Mirjalol Qosimov shogirdlari imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Kamoliddin Tojiyevning so‘nggi 10 daqiqalikda urgan goli Shota Arveladze boshqaruvidagi “Paxtakor”ning g‘alabasini ta’minladi — 1:0.

Vadim Abramov boshqaruvidagi Farg‘onaning “Neftchi” klubi va nihoyat ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritib, xavfli zonadan chiqib oldi. Ertaga “Sho‘rtan” oradagi farqni yo‘qqa chiqarishi ham mumkin. Aytish kerakki, G‘uzor klubining Oliy Ligada qolishi katta so‘roq ostida. Zero, FIFA jamoani Oliy Ligadan chelashtirishni so‘rab, shu yilning may oyidayoq O‘FFga maktub yo‘llagan. “Obod” esa o‘z-o‘zidan turnirdan chetlashtirilgan.

Avvalroq Quvasoyning “Sementchi” futbol klubi 2018-yil Oliy Ligada ishtirok etishi ma’lum bo‘lib ulgurgandi. Birinchi Ligada ikkinchi yo‘llanma uchun “Istiqlol” va “Andijon” klublari kurash olib bormoqda.

Rasman: Quvasoyning “Sementchi” futbol klubi Oliy Ligada “Obod” o‘rnini egallaydigan bo‘ldi

O‘zbekiston Oliy Ligasi

26-tur bellashuvlari

25-oktabr, chorshanba

“Lokomotiv” — “Qo‘qon—1912” 3:0

Gollar: Marat Bikmayev, 9 (1:0). Marat Bikmayev, 42 (2:0). Sanjar Shoahmedov, 63 (3:0).

26-oktabr, payshanba

“Metallurg” — “Olmaliq” 3:2

Gollar: Muhammadodil Qahramonov, 37 (1:0). G‘ulomhaydar G‘ulomov, 40 (1:1). Islombek Isoqjonov, 80 (2:1). Sirojiddin Allayev, 92+ (3:1). Vladislav Kasminin, 93+ (3:2).

“Mash’al” — “Nasaf” 1:2

Gollar: Bobur Abduxoliqov, 43 (0:1). Dragan Cheran, 74 (0:2). Shahzod Shaymanov, 79 (1:2).

Chetlatish: Sardor Abduraimov, 86 (M).

“Neftchi” — “Qizilqum” 2:0

Gollar: Mo‘ydin Mamazulumov, 7 (1:0). Mo‘ydin Mamazulumov, 67 (2:0).

Noaniq penalti: Sherzod Hakimov, 30 (N).

Chetlatish: Shukurali Po‘latov, 43 (Q).

“Navbahor” — “Buxoro” 1:0

Gol: Azizbek Turg‘unboyev, 11 (1:0).

“Paxtakor” — “Bunyodkor” 1:0

Gol: Kamoliddin Tojiyev, 85 (1:0).

27-dekabr, juma

“Sho‘rtan” — “So‘g‘diyona” — 16:00

Foto: “Championat.asia”