Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 26-turi peshqadam “Lokomotiv”ning g‘alabasi bilan boshlandi. Bu bilan “temiryo‘lchilar” ketma-ket ikkinchi chempionlik uchun yana bir qadam tashladi. “Lokomotiv” hozirgacha faqat 1 marta O‘zbekiston chempioni bo‘lishga erishgan.

Foto: “Lokomotiv”

Toshkentga “Qo‘qon—1912” futbolchilari tashrif buyurib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Chempionat to‘purari Marat Bikmayev bellashuvda dublga erishib, mavsum davomida urgan gollari sonini 22 taga yetkazib oldi. To‘purarlar poygasida ikkinchi bo‘lib turgan “Nasaf” vakili Dragan Cheran hisobida 14 ta aniq zarba bor.

Ertaga — 26-oktabr kuni kumush medallar uchun kurash olib borayotgan “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublari o‘zaro to‘qnash keladi. Tomonlarning “Bunyodkor” stadionida o‘tgan ilk o‘yini 1:1 hisobida yakuniga yetgandi.

O‘zbekiston Oliy Ligasi

26-tur bellashuvlari

25-oktabr, chorshanba

“Lokomotiv” — “Qo‘qon—1912” 3:0

Gollar: Marat Bikmayev, 9 (1:0). Marat Bikmayev, 42 (2:0). Sanjar Shoahmedov, 63 (3:0).

26-oktabr, payshanba

“Metallurg” — “Olmaliq” — 15:00

“Mash’al” — “Nasaf” — 16:00

“Neftchi” — “Qizilqum” — 16:30

“Navbahor” — “Buxoro” — 17:00

“Paxtakor” — “Bunyodkor” — 18:00

27-dekabr, juma

“Sho‘rtan” — “So‘g‘diyona” — 16:00

Foto: “Championat.asia”