Kseniya Sobchakning matbuot kotibi Kseniya Chudinova teleboshlovchining 2018-yilgi Rossiya prezidenti saylovlari oldidan familiyasini o‘zgartirish niyati haqidagi ma’lumotga izoh berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“G‘aroyib va tan olishim kerakki, o‘tkir mish-mish”, — deydi Chudinova.
“Ha, buni haqiqatdan muhokama qilganmiz, deya olmayman. Bu shunchaki kulgili hazil. Keling, bunga barchamiz kulib qo‘yamiz”, — deydi u.
Avvalroq manbalarda prezidentlik lavozimi uchun nomzodini ilgari surishi haqida ma’lum qilgan Kseniya Sobchak familiyasini o‘zgartirmoqchi ekanligi haqida ma’lum qilingan edi.
Gap ikkitalik familiya haqida ketmoqda, ya’ni byulletenlarda “Kseniya Sobchak — hammaga qarshi” so‘zlari paydo bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)