Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari Dmitriy Rogozin O‘zbekistonga ishchi tashrif bilan keladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, rossiyalik oliy martabali mehmon Toshkentga 27-oktabrda yetib keladi. Tashrif ishchi xarakterga ega bo‘lib, bir necha soat davom etadi.
Rogozin Toshkentda o‘tkazadigan uchrashuvlar qanday mavzuga bag‘ishlanishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Ammo muzokaralar davomida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning Toshkentga tashrifiga tayyorgarlik masalasi ko‘rib chiqilishi ma’lum.
Izoh (0)