Professional boksdagi debyut jangini afsonaviy Hosim Rahmonning o‘g‘liga qarshi o‘tkazishi kerak bo‘lgan amerikalik bokschi Jozef Kouts ring maydonidan qochib ketdi. Bu haqda BoxingScene nashri xabar berdi.
19-oktabrga tayin qilingan jang uchun har ikki sportchi yetib kelgan, uning uchun chiptalar sotilgan. Biroq yechinish xonasidan chiqayotgan Jozef Kouts murabbiyiga ringga chiqmasligi haqida aytgan. Buni ko‘rib turgan raqib tomon promouteri avvaliga hayron qolgan. Keyinroq Jozefning ustozi shogirdi albatta ringga chiqajagi haqida aytib, uni qayta yechinish xonasiga olib kirib ketgan.
Kichik Rahmon raqibini 45 daqiqa kutib qoldi. Bu orada Jozefning murabbiyi shogirdini jangga ko‘ndirishga urinib ko‘rdi. Oxirida sabr-kosasi to‘lgan kichik Rahmon ringga chiqib keldi va 5 daqiqa unda aylanib yurdi. Shundan keyingna sekundant mikrofonga yaqinlashib, Jozef Kouts raqibidan qo‘rqib, jang qilmaslikka qaror qilganini va bir necha daqiqa oldin sport kompleksidan chiqib ketganini aytgan hamda Rahmonni g‘olib sifatida e’lon qilgan.
Umrim davomida bunaqasini ko‘rmagandim. Biz hammasini reja asosida olib borayotgandek. Jozef Kouts esa pismaytirib, zaldan ketib qolishga ham ulguribdi.Russel Peltz, boks kechasi promouteri
Izoh (0)