Futbol bo‘yicha Rossiya Kubogining chorak finaliga yo‘llanma olgan 8 jamoa nomi ma’lum. Ular orasida o‘zbekistonlik futbolchi to‘p suradigan faqatgina 1 ta klub bor: Vagiz Galiulinning “Tosno”si.
“Tosno” 1/8 finalda 0:0 hisobida durang o‘ynadi va penaltilar seriyasiga ko‘ra, 6:5 hisobida ustun keldi. Bellashuvda Vagiz Galiulin 85-daqiqaga kelib almashtirildi. Klub yarim finalga yo‘l olishi uchun Vladivostokning “Luch-Energiya”sini taslim qilishi kerak bo‘ladi.
“Luch-Energiya” avvalgi bosqichda o‘zbekistonlik Vadim Afonin to‘p suradigan “Anji”ni turnirdan chiqarib yuborgandi. Shuningdek, Vitaliy Denisov harakat qiladigan Moskvaning “Lokomotiv” klubi o‘tgan bosqichda “Krilya Sovetov”dan 2:3 hisobida yengilib, o‘z ishtirokiga yakun yasagan.
Uchrashuv penaltilar seriyasiga qadar yetib borgach, qolgan jamoadoshlaridan tetikroq bo‘lgan Shomurodov lotereyani boshlab berdi va o‘zining aniq zarbasi bilan “Rostov”ni oldinga olib chiqdi. Undan keyingi zarbani yo‘llagan Bodul esa darvozabonni yenga olmay, imkoniyatni rostovliklar tomon og‘dirdi.
Shu kuni penaltilar seriyasida futbolda kamdan-kam kuzatiladigan holat ro‘y berdi. Ya’ni, maydonda bo‘lib turgan 11 futbolchining barchasi 1 tadan zarba berganidan keyin ham, g‘olibni aniqlab bo‘lmadi. Bungacha hisob 9:9 ko‘rinishiga keldi. Qoidaga ko‘ra, 11 metrlik nuqtaga qaytadan Eldor Shomurodov yaqinlashdi. Biroq hujumchi bu safar “Amkar” darvozaboni Artur Nigmatullin bilan duelda yengildi. Aksincha, Bodul esa penaltini aniq bajarib, “Rostov”ni shu bosqichda qoldirib ketdi.
Rossiya Kubogi 1/8 final 25-oktabr, chorshanba
Izoh (0)