Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi tarixiy ahamiyatga ega, chunki u uzoq vaqt davomida stagnatsiyada bo‘lgan Anqara va Toshkentning ikki tomonlama aloqalarini rivojlantirishga turtki beradi, deb hisoblaydi ekspertlar. Bu haqda “Kommersant.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Kommersant.uz”

Foto: “Kommersant.uz”

“Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti lavozimidagi faoliyatiga kirishganiga taxminan bir yil bo‘ldi. Xalqaro kuzatuvchilar hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston kelasi o‘n yil ichida nafaqat Markaziy Osiyoda, balki Yevrosiyoda ham eng tez rivojlanayotgan mamlakatga aylanadi, aholi boshiga yalpi ichki mahsulotning eng tez o‘sishini namoyish qiladi”, — dedi Turkiyaning Kappadokiya universiteti professori Hasan Ali Karasar.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytgacha ikki mamlakat aloqalarini ko‘ngildagi darajagacha olib chiqa olmagan, ammo ularning yetakchilari buning uchun bor imkoniyatni ishga solishda davom etmoqda.

Ikki mamlakat o‘rtasida nafaqat ikki tomonlama tovar aylanmasini ko‘paytirish yo‘nalishida, balki turizm, qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon sanoati va aviasozlik yo‘nalishlarida ham hamkorlikning batafsil rejasi tayyorlab qo‘yilgan, dedi professor.

“Shu sababli ayta olamanki, Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi katta ahamiyatga ega. Bu tashrifni tarixiy deb hisoblaymiz, chunki u ikki tomonlama aloqalarning bo‘lg‘usi 5—10 yildagi yo‘nalishini belgilab beradi”, — dedi Karasar.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Salomatlik
Yutinganda tomoq og‘rib, quloqqa tarqalsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Sport
Murodjon Ahmadaliyev IBF kamari uchun himoya jangini o‘tkazadi