Saudiya Arabistoni taxti vorisi shahzoda Muhammad bin Salmon mamlakatda ekstremistik g‘oyalar tugatilib, mo‘tadil islomga qaytilishi, mamlakat jahon va barcha dinlar uchun ochilishini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Muhammad bin Salmon ayni paytda mudofaa vaziri va bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarini egallab turibdi.
Al Arabiya telekanaliga bergan intervyusida u mamlakat mo‘tadil islom yo‘liga qaytishini ta’kidlab o‘tdi.
Mohammed bin Salman: "We will not waste 30 years of our lives dealing with extremist ideas, we will destroy them today" #FII2017 pic.twitter.com/skvlO5rROx
— Al Arabiya English (@AlArabiya_Eng) October 24, 2017
“Biz oldin kim bo‘lgan bo‘lsak, yana o‘shanga qaytamiz — mo‘tadil islom mamlakatiga aylanamiz, — dedi valiahd. — Biz hayotimizning yana 30 yilini ekstremistik g‘oyalarga sarflamaymiz, biz ularni yo‘q qilamiz, yaqin orada ekstremizmni tugatamiz”.
Saudiyada 1992-yili qabul qilingan asosiy nizomga muvofiq, qirollikning dini etib islom, konstitutsiyasi etib esa Qur’on va Sunna belgilangan.
Izoh (0)