DJ Mag jurnali har yilgi dunyoning eng yaxshi dijeylari reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatdan 100 nafar musiqachi o‘rin oldi, deb xabar berdi DJ Mag nashrining sayti.
Reytingga 21 yoshli niderlandiyalik Martin Garriks yetakchilik qildi. U ketma-ket ikkinchi bor birinchilikda egallamoqda. 2016-yilda musiqachi DJ Mag reytingidan o‘rin olgan eng yosh dijeyga aylangan edi.
Ikkinchi pog‘onani belgiyalik Dimitri Vegas & Like Mike dueti egalladi. Avvallari besh bora DJ Mag ro‘yxatiga yetakchilik qilgan dijey Armin van Byuren bu safar uchinchi o‘rindan joy oldi.
Shuningdek, ro‘yxatdagi dastlabki o‘ntalikni Hardwell (Robert van de Korput), Tiësto (Teys Vervest), The Chainsmokers dueti, Devid Getta, Afrojack (Nik van de Vall), Stiv Aoki hamda amerikalik Marshmello (Kris Komstok) kabi dijeylar band etdi. Ro‘yxat obunachilarning ovozlari asosida tuzildi.
Avgust oyida Forbes jurnali 2017-yilning eng ko‘p maosh olgan dijeylari ro‘yxatini taqdim etgandi. Birinchi o‘rinni 48,5 million dollar ishlab topgan niderlandiyalik Kelvin Harris egallagan edi.
Izoh (0)