Joriy yilda Apple kompaniyasining bosh ofisi qurilishiga 5 milliard dollar sarflangan Apple Park kompleksiga ko‘chib o‘tadi, deb xabar berdi “PopMech” nashri.
Apple “kosmik kema” dizaynida qurilgan o‘zining yangi shtabini ochilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Aynan shu yerda yangi iPhoneX’ning taqdimoti bo‘lib o‘tgan. Apple o‘zining yangi shtab-kvartirasining bir qismini jamoatchilik uchun sentabr oyida ochgan edi, biroq kompleksning qolgan qismida ishlar hali davom etmoqda.
Apple bosh direktori Tim Kuk Apple Park qurilishiga 5 milliard dollar ketganini ma’lum qilgan.
Bino bir vaqtning o‘zida 13 ming xodimga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
Kompleksda velotrassalar va yugurish uchun yo‘laklar mavjud.
Bundan tashqari xodimlar istagan vaqtlarida tennis o‘ynashlari yoki basketbol maydonchasidan foydalanishlari mumkin.
Kompleksni ko‘kalamzorlarshtirish ishlari hamon davom etmoqda. Apple Park hududiga 9000 ta daraxt, jumladan, mevali daraxtlar — o‘rik, olma, olcha ko‘chati ekiladi.
Kampus hududiga kompaniya xodimining ruxsatnomasisiz kirishning iloji yo‘q, biroq tashrif buyuruvchilar uchun maxsus Markaz tashkil etilgan.
Bino tomlari quyosh batareyalari bilan qoplangan. Umumiy miqdorda ular 17 megavatt energiya ishlab chiqarishi mumkin, bu esa kunduz kuni sarflanadigan maksimal energiyaning 75 foizini qoplaydi.
Izoh (0)