AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Iroq poytaxti Bag‘dodga e’lon qilinmagan tashrif bilan yetib keldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oldinroq Tillerson shunday tashrif bilan Kobulga borgan va Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.
Agentlik axborotiga ko‘ra, Bag‘dodda davlat kotibi Iroq prezidenti Fuad Ma’sum va bosh vaziri Haydar al-Abadiy bilan uchrashadi.
Izoh (0)