“Kommersant.uz”da Aloviddin Sadritdinov OnMap yordamida qanday qilib dollar almashtirgani haqida hikoya qiladi.
Shoshganda labbay topilmas, deganlaridek, oyda-yilda bir kerak bo‘lib qolganda, dollarni qayerda almashtirishni qidirib qolarkansiz. Qora bozor – qonunga zid, bank shoxobchalarini esa, ko‘p ham ishim tushmagani uchun, qayerda joylashgan, ish vaqti qandayligini mutlaqo bilmas ekanman.
– Telegramga kirgin-da, OnMap botiga ulan, — telefon orqali maslahat berdi do‘stim. Qayerda turganingni ko‘rsatsang, o‘zingga eng yaqin valyuta almashtirish shoxobchalari ro‘yxatini taqdim etadi.
Do‘st maslahati — amri vojib, OnMap botiga ulandim. Startni bosdim.
OnMap-1Bot ishga tushdi va tuman bo‘yicha izlaymi, joylashgan nuqtangiz bo‘yichami, deb so‘radi. Tumandagi shoxobchalarni ko‘rsatishni tanladim. Qaysi tumanligi, mo‘ljaldagi manzilni ko‘rsatgandim, naq o‘nta shoxobcha ro‘yxatini chiqarib berdi.
Zo‘r tomoni — banklarning faqat nomi emas, manzili, ishlash vaqti, mo‘ljallari va telefon raqamlari bilan batafsil ko‘rsatib berdi. Hatto men turgan joydan o‘sha bank shoxobchasigacha qancha masofa borligi ham yozilarkan. Hammasidan ham menga yoqqani buning barchasi bepulligi bo‘ldi.
Ro‘yxatdagi banklardan birini tanladimu, o‘n daqiqaga qolmay ishimni bitirib oldim. Sizlarga ham tavsiya qilaman!
Xulosa: @onmapuzbot boti yordamida siz:
– sarson bo‘lib shoxobcha izlash;
– vaqt sarflab navbat kutishdan qutulasiz.
Almashtirish shoxobchasini tez va oson topish uchun o‘z geolokatsiyangizni yuborsangiz, quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lar ekansiz:
– shoxobcha nomi;
– manzili va mo‘ljali;
– ish tartibi;
– telefon raqami;
– berilgan nuqtadan shoxobchagacha bo‘lgan masofa;
– Google Maps orqali u yerga qanday borish.
Darvoqe, botda dam olish kunlari va kechasi 22:00 dan keyin valyutani qayerda almashtirish mumkinligini ko‘rish hamda bank manzilini xaritada ko‘rsatib berish funksiyalari ham bor ekan (buni keyinroq bildim).
Izoh (0)