AQShning Suriyadagi operatsiyasi hali yakunidan uzoq, lekin Raqqaning ozod qilinishi IShIDga qarshi kurashning muhim bosqichi bo‘ldi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
“Ishimiz nihoyasi hali uzoq, lekin Raqqaning ozod qilinishi IShIDga qarshi kurashning muhim pallasi bo‘ldi”, — dedi u.
Davlat kotibining so‘zlariga qaraganda, AQSh Raqqa fuqarolar kengashi va boshqa mahalliy ishtirokchilarining xavfsizlikni tiklash borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)