Shveysariya Alplarida joylashgan kichkina Taveyan qishlog‘i “vaqt bo‘ylab sayohat qilmoqchi” bo‘lgan sayyohlar orasida ommabop hisoblanadi. Dengiz sathidan 1649 metr balandlikda joylashgan tarixiy qishloqqa elektr ta’minoti yetib kelmagan. TJournal ana shu qishloqqa tashrif buyurgan sayyohlar tomonidan olingan suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
Hozirgi vaqtda qishloqda XX asrning boshida qurilgan uylarnig asosiy qismi qo‘shni Grionda yashovchilarga tegishli. 1970-yilda qishloq uning aholisi xohishi bilan qo‘riqxona tarkibiga kiritilgan. Bu qaror qishloq va uning atrofidagi manzaralarning uzoq muddatli kelajagini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Qishloqda yagona muassasa Refuge de Taveyanne bo‘lib, unga egalik qiluvchi oila sayyohlarga an’anaviy shveysarcha ovqatlarni taklif qiladi. Unda tunni o‘tkazish ham mumkin, bunda mehmonlarga chordoqda bir juft matras taklif qilinadi, xolos.
Izoh (0)