Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z maoshining o‘n foizga qisqarishi haqidagi farmonning amal qilish muddatini uzaytirdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Farmonga ko‘ra, davlat rahbarining, hukumat raisining, shuningdek, prezident farmonlariga muvofiq maoshi hisoblanadigan boshqa amaldorlarning ish haqi o‘n foizga qisqarishi lozim.
Farmon 2018-yil 31-dekabriga qadar amal qiladi.
2015-yil fevralida imzolangan hujjat 2017-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar amal qilishi ko‘zda tutilgan edi. Endilikda bu muddat yana bir yilga uzaytirildi.
Izoh (0)