Yaponiyadagi tashlandiq zavod hududida Amerikaning MegaBots va Yaponiyaning Suidobashi Heavy Industry kompaniyalari tomonidan yaratilgan ulkan jangovar robotlar o‘rtasida kurash bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Meduza.

Foto: The Verge

2015-yildan buyon kutilayotgan ushbu jang, u qadar qiziqarli bo‘lmadi. Birinchi duel yarim daqiqa davom etdi — yaponlarning Kuratas roboti temir mushti bilan amerikaliklarning Iron Glory robotiga zarba berib uni mag‘lubiyatga uchratdi.

Ikkinchi duelda esa Kuratas bilan Eagle Prime ishtirok etdi. Robotlar klinch holatida (bir-birini quchoqlagan holda) o‘chib qoldi; jang to‘xtatildi.

Shundan so‘ng, Kuratas hamda Eagle Prime ajratib olindi va ular jangni yana qaytadan boshlashdi. Yaponlarning roboti pulemyotdan bo‘yoq ota boshladi, amerikaliklarniki esa raqibini arralashga kirishdi. Natijada MegaBots tomonidan yaratilgan robot g‘olib bo‘ldi.