18-oktabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Buxoroda kuchli shamol oqibatida bino tomi uchib ketmoqda.
Kadr: YouTube

1. O‘zbekistondagi dovul: qulagan daraxtlar va uchib ketgan tomlar. Kuchli shamol Buxorodagi bino tomini uchirib yuborishi aks etgan videoyozuv ayniqsa vahimali chiqqan.

2. Toshkent bo‘ylab osma ko‘prik turidagi yer usti metrosi quriladi. Sergeli va Yunusoboddagi metro qurilishi qaysi bosqichda ekanligi ham ma’lum bo‘ldi.

3. O‘zbekistonda eng ko‘p jinoyat qaysi sohada va qanday amalga oshirilmoqda? Plastik kartochka, naqd pul, xorijiy valyuta, qarz masalalari haqida.

4. AQSh Green Card lotereyasini qayta ishga tushirdi. Bu qanday lotereya ekani haqida batafsil o‘qib olishning ayni vaqti.

5. O‘zbekistonda avtomobillarga kuzatuv datchiklari o‘rnatiladi. Hozircha bunday datchiklarni faqat gaz ballonli avtomobillarga o‘rnatish rejalashtirilgan.