Toshkent shahri Sergeli tumanida yashovchi 37 yoshli F.Y. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 1 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari nomaʼlum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi 23 yoshli S.M. sodir etganligi aniqlandi.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan S.M. jabrlanuvchi F.Y. bilan Telegram orqali tanishib, uni 50 mln so‘mgacha onlayn mikroqarz olib berishga qiziqtirgan va xizmat haqi sifatida oldindan 1 mln so‘m o‘tkazib olgan. Natijada na onlayn mikroqarz, na 1 mln so‘m qaytarilganligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan S.M.ga nisbatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)