Butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab gaz-ballon uskunasi o‘rnatilgan avtomobillarning barchasini maxsus kuzatuv datchiklari bilan jihozlash rejalashtirilmoqda, ular avtomobilning harakatini onlayn rejimida kuzatib boradi. Bunday qaror yaqinda Vazirlar Mahkamasi vakillari majlisida qabul qilindi, deb yozadi “Sensorika.uz”.

Foto: “Sensorika.uz”

Shu maqsadda “O‘zbekneftgaz” huzurida maxsus axborot tizimini joriy qilish va qo‘llash uchun javobgar bo‘ladigan yagona dispetcherlik markazini tashkil qilish topshirildi. Ushbu tizim real vaqt rejimida avtomobillardagi gaz-ballon uskunasining texnik holatini nazorat qiladi, shuningdek, avtomobilni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari ishini monitoring qiladi, siqilgan tabiiy gaz iste’molini nazorat qiladi va hisoblaydi.

2019-yil oxirigacha respublikaning barcha hududlarida 800 mingdan ortiq avtomobilni gaz-ballon uskunasiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.