Daryo

Husayn Norchayevning Qatarda mashhur bo‘lgan do‘ppisi 50 million so‘mga sotildi

Ushbu o‘zbek milliy bosh kiyimi auksionga qo‘yilgan edi

1 daqiqa o‘qish55 542 ko‘rishlar0 izoh0

Qatarda o‘tkazilgan U-23 Osiyo kubogida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi a’zosi Husayn Norchayev mashhur qilgan do‘ppi auksionda 50 million so‘mga sotildi. 

Foto: Getty Images

“Championat.asia” nashri bosh muharriri tomonidan tashkil etilgan auksionda do‘ppining boshlang‘ich narxi 1 million so‘m deb belgilangan edi. 4 kun davom etgan auksion savdolaridan so‘ng Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi murabbiylar shtabi va futbolchilari eng yuqori narxni taklif etib, do‘ppini sotib oldi. Shunday qilib, 50 millionga sotilgan do‘ppi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi muzeyiga topshirildi. 

Narzulla Saydullayevning ta’kidlashicha, auksiondan tushgan barcha pul mablag‘lari bolalar shifoxonasiga xayriya sifatida o‘tkaziladi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu do‘ppini Norchayev birinchi bor Saudiya Arabistoni bilan o‘yinda golni nishonlash mobaynida kiygan edi.

Foto: Getty Images

Bundan tashqari Indoneziya bilan o‘yinda ham gol kiritgan Husayn yana bir bor o‘zbek milliy bosh kiyimida ko‘rinish bergan edi.

Foto: Getty Images
“Neftchi”da ijara asosida o‘ynayotgan futbolchi musobaqada uch bora raqiblar darvozasiga yo‘l topdi. Norchayev guruh bahslarida Kuvaytga urilgan 5 golning so‘nggisiga mualliflik qildi. Bundan tashqari u Saudiya Arabistoni hamda Indoneziya darvozasiga gollar urib, O‘zbekiston Olimpiya jamoasining muvaffaqiyatli yurishida o‘z hissasini qo‘shdi. 

Ushbu musobaqada O‘zbekiston U-23 jamoasi tarixda birinchi bor Olimpiya yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoa bosh sovrin uchun kurashda Yaponiya jamoasiga o‘tkazib yuborilgan yagona gol sabab mag‘lub bo‘lib, kumush medallariga ega chiqdi. 

 

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar