Flytothesky nashri mashhurlik va shuhrat insonni surunkali kasalliklardan asramasligini isbotlovchi “yulduzlar” haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Anjelina Joli
Nafaqat Gollivud, balki butun dunyoda eng talabgir aktrisalardan biri bo‘lmish Anjelina Jolining BRCA1 geni buzilgan. Bu esa ko‘kak bezi saratoni xavfini ancha oshiradi.Selena Gomes
Selena Gomes — taniqli aktrisa va qo‘shiqchi. Qo‘shiqchi lupus (“volchanka”) bilan kasallangan. Bu autoimmun kasallik bo‘lib, immun tizimini organizmdagi sog‘lom organ va to‘qimalarga hujum qilishga majburlaydi.Charli Shin
Ushbu aktyor tartibsiz hayot tarzi sabab ITV (“VICH”) bilan kasallangan.Pink
90-yillar oxiri 2000-yillar boshida mashhurlikka erishgan ushbu qo‘shiqchi yoshligidan buyon astmadan azob chekadi. Biroq bu uning ijodiy faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmagan.Tom Xenks
Tom Xenks anchadan buyon diabetga qarshi kurashib keladi, ya’ni uning oshqozonosti bezi yaxshi ishlamaganligi sabab qonida shakar miqdori yuqori.Kim Kardashyan
Kim Kardashyanga yoshligida psoriaz tashxisi qo‘yilgan. Psoriaz terini zararlashi oqibati u qizarib qoladi, yallig‘lanadi va pufaklar hosil bo‘ladi.Shakira
Kolumbiyalik qo‘shiqchi toksoplazmozdan aziyat chekadi. Ushbu infeksiya odamga mushuklar yoki xom go‘sht orqali yuqadi. U gripp ta’sirida boshlanadi va kasallangan insonning limfa tugunlari shishib ketadi.Xyu Jekman
Dunyoga mashhur aktyorlardan yana biri Xyu Jekmanga teri saratoni tashxisi qo‘yilgan.
Izoh (0)