Amirliklar politsiyasi talab qilingan litsenziyasi bo‘lmagan, taksi sifatida foydalanilayotgan yuzlab mashinani musodara qildi. Bu haqda UAE Inside nashri xabar bermoqda.
Xodimlarning ma’lum qilishicha, oxirgi uch oy ichida yo‘lovchilarni noqonuniy tashish uchun 659 ta shaxsiy mashina qayd etilgan. Qo‘lga tushgan mashina egalarini qanday jazo kutayotganligiga aniqlik kiritilmagan. Rasmiylar fuqarolardan noqonuniy taksichilar xizmatidan foydalanmaslikni so‘ramoqda, chunki bunday transport turidan foydalanish haydovchining anonimligi tufayli yo‘lovchi sog‘lig‘i va xavfsizligiga jiddiy ziyon yetkazadi.
Politsiya vakillariga ko‘ra, noqonuniy taksichilarning aksariyatida zarur litsenziya bo‘lmasligi yoki ular Birlashgan Arab Amirliklarida yashash huquqi bo‘lmagan holda yashayotgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)