Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtondagi anjumanda Virginiya orollari prezidenti, ya’ni o‘zi bilan uchrashganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Sizlarga aytsam, Texas, Florida, Luizianadan ketib Puerto-Rikoga bordim va Virginiya orollari prezidenti bilan uchrashdim”, — ma’lum qildi Tramp Values Voter Summit anjumanida.

So‘ng u “Virginiya orollari va uning prezidenti — ajabtovur odam ekan”ligini ma’lum qildi.

Amerikaning Virginiya orollari AQSh hukumati tomonidan boshqariladi.

Qayd etilishicha, Tramp o‘z nutqida orollar gubernatori Kennet Meppni nazarda tutgan. Tramp nutqining matn ko‘rinishidagi rasmiy talqinida uning Meppga murojaati “gubernator” so‘ziga almashtirilgan.

Bu Trampning o‘z nutqida geografik xatolarga yo‘l qo‘yishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. Tramp BMT Bosh assambleyasi doirasida Afrika mamlakatlari rahbarlari bilan uchrashuvida Namibiyani ikki o‘rinda “Nambiya” deb atagan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi