Qirg‘izistondagi barcha saylov uchastkalari ishini yakunladi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, jarayonda saylovchilarning 40 foizdan ko‘prog‘i ishtirok etdi.
2 byulletenlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Sotsial-demokratik partiyadan nomzod Sooronbay Jeenbekov qariyb 40 foiz ovoz to‘plagan.
Rasmiy yakunlar bir necha kundan so‘ng, barcha byulletenlar qo‘lda sanab chiqilganidan keyin ma’lum bo‘ladi, ammo 1–2 soatdan so‘ng dastlabki natijalar e’lon qilinadi.
Qirg‘iziston prezidentligiga nomzodini 11 kishi ko‘rsatgan. Asosiy nomzodlar orasida, Jeenbekovdan tashqari, Qirg‘izistonning eng boy tadbirkori, muxolif “Respublika Ata-Jurt” partiyasi fraksiyasi rahbari O‘murbek Babanov bor.
Izoh (0)